10:41 / 19.04.2017
45737

Xalqaro valyuta fondi O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi o‘sishini prognoz qildi

O‘zbekiston iqtisodi o‘sishi 2017 yilda 6 foizlik darajani saqlab qoladi. Bu haqda Xalqaro valyuta fondining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» aprel dokladida aytib o‘tilgan.

XVF mutaxassislari prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi ham 2018 yilda 6 foizlik darajani tashkil etadi.

XVF hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2016 yili 7,8 foizni tashkil qilgan.

O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi o‘tgan yilda 8 foizni tashkil qilgan. XVF prognoziga ko‘ra, 2017 yilda bu borada ko‘rsatkich 8,6 foizni tashkil qiladi, 2018 yilda esa 8,8 foizga yetadi.

Top