15:50 / 19.04.2017
5031

IBM pul tushumi qatorasiga 20 chorak pasaymoqda

AQShning elektron hisoblash vositalari ishlab chiqaruvchi IBM (International Business Machines) kompaniyasining 2017 yil 1-chorakdagi sof foydasi 13 foizga yoki 1,8 mlrd dollargacha kamaydi. Amaliy foyda esa 1 foizga kamayib, 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi, deb xabar qilmoqda kompaniya. Bu pasayish nomoddiy aktivlarning xarid qilish hamda ishchilarning kompaniyadan ketishlari tufayli amalga oshirilgan xarajatlar bilan izohlanmoqda. 

Umumiy pul tushumi  2,8 foizga, ya'ni 18,16 mlrd dollarga pasaygan. Tahlilchilar bu raqamni 18,39 mlrd dollar bo‘lishini taxmin qilishgandi. Ta'kidlanishicha, sof pul tushumi 20 chorakdan buyon muntazam pasayib borayapti. Bulutli xizmatdagi daromad 33 foiz, yoki 3,5 mlrd dollarni tashkil etgan. Umuman, so‘nggi 12 oyda bulutli xizmatdagi tushum 14,6 mlrd dollarni tashkil etgan. IBM daromadlari tushishining asosiy sababi serverlar va boshqa IT-uskunalari savdo hajmining pasayganidir. 

Mavzuga oid
Top