11:58 / 19.04.2017
5963

Italiya terma jamoasining kuni gvineyalik futbolchiga qoldi

«Napoli» yarimhimoyachisi Amadu Diavara Italiya terma jamoasi futbolchisiga aylanishi mumkin.

Xabar qilinishicha, Diavarani terma jamoaga bosh murabbiy Jampero Ventura chaqirishni istamoqda.

19 yoshli yarimhimoyachi Gvineya Respublikasi fuqarosi sanaladi. Ayni vaqtda futbolchi Italiya fuqaroligini qabul qilish bo‘yicha hujjatlar topshirgan va shu jarayonda harakat qilmoqda.

Joriy mavsumda Diavara «Napoli» tarkibida A seriyaning 15 uchrashuvida maydonga tushishga ulgurgan.

Mavzuga oid
Top