18:19 / 19.04.2017
16590

Kutilayotgan gollar «yomg‘iri». Kunning eng quvnoq uchrashuvi oldidan

Chempionlar ligasining eng quvnoq uchrashuvi deb ta'rif berilayotgan uchrashuv bu safar «Monako» uyida bo‘lib o‘tadi. Tribuna.Uz uchrashuv oldi ma'lumotlari bilan tanishtirib o‘tadi.

«Monako» - «Borussiya» D (19 aprel, 23:45, Match! Futbol 1)

Dortmundda kechgan birinchi uchrashuvda «Monako» 3:2 hisobida g‘alaba qozonib qaytgan. Hakamning xatolari kuzatilgan bo‘lsada, monegaskliklarning 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe dublga erishdi va Jardim shogirdlari 13 yillik tarixdan so‘ng ilk marta YeChL yarim finaliga yo‘llanma olishga yaqin turishibdi.

O‘yin oldidan
«Monako»

Fransiya chempionatida «Monako» bir tekisda o‘ynashda davom etmoqda. Jamoa ichki chempionatning o‘zida 90dan ortiq gol urib o‘zining butun boshli tarixidagi natijalarini yangilab tashladi. Klub Ligada peshqadam bo‘lib turibdi va «PSJ»dan bitta kam uchrashuv o‘tkazgan holda, bir xil ochko jamg‘argan. Jamoaning so‘nggi 6 uchrashuvdagi natijalari: G‘G‘G‘G‘MG‘

«Borussiya»

Dortmundliklar Germaniya chempionatida chempionlik uchun kurashmayapti. YeChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan klub ko‘proq e'tiborini bu mavsumdagi YeChLga qaratgan. Biroq «Monako»ni qabul qilib uchralgan mag‘lubiyat Tuxel jamoasining imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Jamoaning so‘nggi 6 uchrashuvdagi natijalari: G‘MMG‘DG‘

O‘yinoldi qiziqarli faktlar

— «Monako» bu mavsumda yevrokuboklarda o‘z uyda o‘tkazgan oltita uchrashuvning birortasida mag‘lubiyatga uchramagan (5G‘, 1D);
— «Monako» joriy mavsumda barcha musobaqalarda 138ta gol urgan, «Borussiya»da bu ko‘rsatkich 97ta golni tashkil qiladi:
— Yevropa chempionlar ligasi tarixida faqatgina ikki marta jamoa o‘z uyida mag‘lubiyatga uchrab, keyinchalik mehmondagi g‘alaba evaziga keyingi bosqichga chiqish kuzatilgan.

Yo‘qotishlar
«Monako»da Fabino va ko‘richak tufayli operatsiya bo‘lgan Jibril Sidibe maydonga tusha olmaydi. Shuningdek Boshilya va Karrilo ham o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Jyemerson, Falkao, Jyermen va Lemar navbatdagi sariq kartochka olsa, diskvalifikatsiya qilinadi.

«Borussiya» Dortmund tarkibida Mark Bartra, Mario Gyottse va Andre Shyurrle maydonga tusha olmaydi. Erik Durm va Sebastyan Rode, shuningdek Marko Roysning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Ginter, Gerreyru, Papastatopulos, Shmeltser uchun kartochklar «qizil chiziq»qa yetib kelgan.

Taxminiy tarkiblar

«Monako» Sidibe va Fabino va Joau Moutino bilan to‘ldirishi kutilmoqda. Jamoa uchun Tiyemue Bakayokoning safga qaytgani ham yaxshi yangilik bo‘ladi. Shuningdek Falkao ham qisqa tanaffusdan so‘ng bu o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. «Borussiya»da esa Marko Roysning maydonga tushishidan umid qilishmoqda. Usmon Dembele bilan birga ular Per-Emerik Obameyangga hujumda yordam berishi kerak bo‘ladi.

Monako: Subashich; Ture, Glik, Jyemerson, Mendi; Bernardu Silva, Bakayoko, Moutino, Lemar; Falkao, Mbappe.
Borussiya Dortmund: Byurki; Pishchek, Papastatopulos, Bender, Shmeltser; Vaygl; Dembele, Kastro, Roys, Gerreyru; Obameyang.

Top