O‘zbekistonga ko‘chma burg‘ilash uskunasi muvaffaqiyatli olib kelindi. Bu haqda Fleet Line Shipping kompaniyasi Facebook sahifasida ma'lum qildi.
FLS kompaniyasining qayd etishicha, u ko‘chma burg‘ilash qurilmasini BAAdan O‘zbekistonga olib kelgan. 5 ming tonnalik yuk yo‘l va dengiz transporti vositasida mijozga yetkazib berilgan.
Dubay kompaniyasiga ko‘ra, uskuna O‘zbekistongacha qariyb 4 ming kilometrni bosib o‘tgan.