11:16 / 20.04.2017
6361

Koreya va AQSh Max Thunder harbiy aviatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda

Koreya respublikasida Janubiy Koreya-Amerika harbiy-havo kuchlarining hamkorlikdagi Max Thunder mashg‘ulotlari faol bosqichga kirdi. Bu haqda mamlakat milliy mudofaa vazirligi ma'lum qildi. 

"Mashg‘ulotlarda AQShning 7-havo armiyasi va Janubiy Koreya HHKning 100ga yaqin samolyotlari – qiruvchi, hujumchi, bombardimonchi, transport va havo razvedkasi samolyotlari ishtirok etmoqda", - deyiladi hujjatda. 28 aprelga qadar davom etadigan mashg‘ulotlarda KXDR tomonidan turli fitnalarga qarshi harakatlar, xususan, yuqori aniqlikda bomba tashlash, raqib HHM tizimiga chap berish kabilar yuzasidan ko‘nikmalar hosil qilinadi. 

Max Thunder mashg‘ulotlari 2009 yildan buyon Koreyada o‘tkazib kelinadi. 

Top