13:22 / 20.04.2017
15657

Nyu-York hokimi Tramp rafiqasi va o‘g‘lini qo‘riqlashga aql bovar qilmas pullar sarflanayotganini aytdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi va o‘g‘lining xavfsizligini ta'minlash Nyu-York hukumatiga respublikachining inauguratsiyasiga qaraganda arzonroqqa tushmoqda. Biroq Amerika yetakchisining qo‘riqlash xizmatiga bo‘lgan byudjyet xarajatlari hali-hamon juda yuqori hajmda. Bu haqda megapolis hokimi Bill de Blazio chorshanba kuni ma'lum qilgan.

Tramp davlat rahbari lavozimiga kirishganidan so‘ng Oq uyda joylashdi, uning rafiqasi va 11 yoshli o‘g‘li Berron esa Nyu-Yorkda qolgan, sababi bola bu yerda nufuzli xususiy maktabda tahsil oladi. Avvalroq Tramp o‘z ona shahriga rafiqasi va o‘g‘lini ko‘rib kelish uchun ko‘p bora borish niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Shu bilan birga, Melanya vaqti-vaqti bilan poytaxtga tashrif buyuradi va prezident qarorgohida maxsus tadbirlar tashkil etmoqda.

Arzonroq, biroq baribir qimmat

"Saylovlar va inauguratsiya o‘rtasidagi pallada qo‘riqlash xizmati (Trampning oilasini – tah.) bir sutkada 500 ming dollarga tushgan, sababi saylangan prezident Trump Tower binosida yashashda davom etdi. Buning uchun juda ko‘plab politsiya xodimlari talab etildi, sababi biz terrorchilik tahdidi darajasi katta bo‘lganini e'tiborga olgandik", - deya aniqlik kiritdi shahar hokimi CNN telekompaniyasiga.

"Ayni damda xarajatlar kamaydi, lekin ular baribir juda yuqori miqdorda bo‘lib qolmoqda", - deya tan oldi de Blazio. U shunday xarajatlar joylardagi hokimiyat byudjyetlari zimmasiga tushayotgani, va bu holat xoh Nyu-York bo‘lsin, xoh Nyu-Jyersi yoki Florida shtatlari bo‘lsin, barcha yerda kuzatilayotganidan tashvishda ekanini bildirgan. "Biz hamon prezident oilasi xavfsizligini ta'minlash uchun ko‘p pul to‘layapmiz va bu xarajatlarni Kongress orqali qoplash harakatidamiz. Aslida bu pullar Nyu-York politsiya Boshqarmasi byudjyetidan ketmoqda, ya'ni shaharda tartib va aholi xavfsizligini ta'minlashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan", - degan hokim.

Qo‘riqlash uchun yuz minglab dollar

Fevral oyi oxirida Nyu-York politsiyasi boshlig‘i Jyeyms O'Nil Kongressga murojaat bilan chiqdi. U mamlakatning eng yirik megapolisi hukumati Donald Trampga tegishli bo‘lgan osmono‘par binoni qo‘riqlash uchun sarflagan 25,7 million dollarni AQSh federal byudjyeti hisobidan qoplash haqida gapirgan.
 
O'Nilning so‘zlariga ko‘ra, megapolisdagi huquq-tartibot xodimlari nafaqat har kuni o‘zlarining odatiy majburiyatlarini bajarishgan, balki Trampning turmush o‘rtog‘i Melanya va ularning o‘g‘li Berron ko‘p keladigan Trump Tower yonida ham navbatchilik qilishga majbur bo‘lishgan. Politsiya boshlig‘ining ko‘rsatishicha, kelajakda Nyu-York yong‘in xizmati bu maqsadlarga yiliga 4,5 mln. dollar, politsiyachilar esa – har kuni 127 mingdan 146 mingga qadar sarflashadi.

29 mart kungi holatga ko‘ra 170 ming amerikalik Melanya Trampning Vashingtondagi Oq uyga ko‘chib o‘tishi yoki Nyu-Yorkdagi qo‘riqlash xizmati uchun mablag‘ni davlat pullaridan emas, balki o‘z cho‘ntagidan to‘lash talab qilingan petitsiyaga imzo qo‘yishdi. Change.org resursi ma'lumotiga ko‘ra, petitsiya demokrat-senatorlar Berni Sanders va Elizabet Uorrenga 200 ming ovoz yig‘ilgach, yetkazib beriladi.

Mavzuga oid
Top