«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ 17 apreldan boshlab Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida o‘zgarishlar ro‘y bergani haqida ma'lum qildi.
«Texnik sabablarga ko‘ra, bitta reysdan Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi 60/59 sonli poyezdning 17 apreldan boshlab har kungi va 62/61 poyezdning 19 apreldan boshlab har chorshanba kungi reyslari bekor qilinadi», deyilgan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabarida.