Dunyoning 29 mamlakati bilan “Yo‘l xaritalari” loyihalari ishlab chiqildi
2017 yilning I choragida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish yo‘nalishidagi hududiy dasturlar doirasida 2 633 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib 17 599 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht yetishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish, ayollarning tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2,5 trln.so‘m kreditlar ajratildi.
1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, pensioner, nogiron, yolg‘iz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlaridan 6 955 nafari sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirildi.
343 nomdagi dori vositalari, 44 nomdagi tibbiy buyumlar cheklangan narxlarda sotuvga chiqarilishi belgilandi. 167 turdagi dori vositalari 22 ta ulgurji kompaniyalar tomonidan arzonlashtirilgan narxlarda respublikaga yetkazib berildi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida tijorat banklari tomonidan 79,2 mlrd.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash yo‘nalishi:
«2017 yilda ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqarorligini ta'minlash, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi» qabul qilindi;
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida radiatsiya xavfsizligini ta'minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha Davlat dasturi” qabul qilindi;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati Strategiyasining loyihasi ishlab chiqildi.
O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2017 yildagi siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorligini rivojlantirishga doir “Yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqildi.
Dunyoning 29 mamlakati bilan 2017 yildagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlanishi va kengayishini ta'minlashga doir “Yo‘l xaritalari”ning loyihalari ishlab chiqildi.
“O‘zbekiston Respublikasi diplomatik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Konsullik Ustavi va “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonun loyihalari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilib, umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi
O‘zbekiston | 11:00
-
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi
Jamiyat | 10:51
-
Rossiya sudlari bazasidan kiberhujumdan keyin 89 mln ish yo‘qolib qoldi
Jahon | 10:36
-
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
Jahon | 10:30
Mavzuga oid

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

16:59 / 08.04.2025