Sport | 03:22 / 21.04.2017
7428
2 daqiqa o‘qiladi

«Selta» o‘z tarixida yangi sahifa ochdi

Yevropa ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan bitta uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda «Genk» o‘z uyida «Selta»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar raqib darvozasiga to‘p kirita olishmadi. 63-daqiqada Sistoning goli evaziga «Selta» hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, «Genk» futbolchilari hisobni tenglashtirdi. Biroq qolgan daqiqalarda belgiyaliklarning gol kiritishi uchun imkoniyat bo‘lmadi.

Natijada «Selta» birinchi uchrashuvda qo‘lga kiritgan g‘alabasi evaziga umumiy yakunda g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi marta jamoa yevrokuboklarning yarim finaliga yo‘llanma oldi. Shu kungacha vigoliklar na YeChL, na Yevropa ligasida bu natijani qayd eta olishgandi.

Chorak finalning qolgan uch juftligida birinchi uchrashuvda kuzatilgan natijalar qayd etilgani bois, qo‘shimcha daqiqalar belgilandi va uchrashuvlar overtaymda davom ettirilmoqda.

Yevropa ligasi, 1/4 final
Javob uchrashuvi

Genk (Belgiya) – Selta (Ispaniya) 1:1 (0:0)
Gollar:
Trossard (67) – Sisto (63).
Genk: Rayan, Brabets (Devast, 81), Uronen, Kastan, Kolli, Buffel (Sxreyvers, 72), Malinovskiy (Boetiyus, 72), Posuelo, Berge, Trossard, Samatta.
Selta: Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Fontas, Vass (Xosabed, 80), Radoya, Ernandes, Sisto, Aspas, Gvidetti (Bovyu, 42; Ronkalya, 90).
Ogohlantirishlar: Devast (87), Ernandes (88), Kastro (90), Malo (90).
Dastlabki uchrashuv: 2:3.

Mavzuga oid