Jahon | 17:17 / 21.04.2017
5965
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rov Janubiy Koreya prezidentligi uchun mashhur nomzodga oydinlik kiritdi

Janubiy Koreya prezidentligi uchun eng mashhur nomzod — Demokratik partiya nomzodi Mun In Je bo‘lib turibdi. U o‘zining asosiy raqibi —An Chxol Su bilan oradagi farqni keskin oshirishga erishdi. Ijtimoiy fikrni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovga muvofiq, Demokratik partiya nomzodini 41 foiz saylovchilar qo‘llab quvvatlamoqda. Bu haqda Yonhap agentligi Gallup Korea instituti ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Mun Je Inni bir hafta avvalgidan 1 foiz ko‘proq sylovchi qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, An Chxol Su 7 foiz tarafdorini yo‘qotgan. Ayni vaqtda uni 30 foiz saylovchi qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

Ozod Koreya Konservativ partiyasi vakili Xon Jun Pxyo nomzodini so‘rovda ishtirok etganlarning 9 foizi ma'qullagan. 

Koreya prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovlarning 3 haftalik saylovoldi kampaniyasi 17 aprelda boshlandi. Saylov 9 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid