19:32 / 21.04.2017
5021

JARda jiddiy YTH ro‘y berdi, 20 nafar bola halok bo‘ldi

JAR poytaxti Pretoriya shahri yaqinida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 20 nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy tezkor xizmatlarga asosan.

"20 nafar bolaning halok bo‘ldi", - deya xabar berdi tez yordam vakili Rassel Meyring agentlikka.

Hodisa tafsilotlari xabar qilingani yo‘q. Reyter agentligining xabar berishicha, avtobus to‘qnashuvdan so‘ng yonib ketgan. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, avtobusda 20 nafar bola bo‘lgan.

Top