18:56 / 22.04.2017
5189

Cygnus fazoviy yuk kemasi XKSga tutashdi

Foto:twitter.com/NASA

Xalqaro kosmik stansiyasi fazogirlari Cygnus fazoviy yuk kemasini Canadarm manipulyatori yordamida “tutib olishdi”. Bu jarayon NASA TV orqali namoyish etildi.

"U tutib olindi", - degan tutashish amaliyotini nazorat qilgan astronavt Peggi Uitson. 

Atlas V raketa tashuvchisi fazoviy yuk kemasi bilan birga 18 aprelda XKSga yo‘l olgan edi. U Florida shtati Kanaveral burnidagi kosmodromdan fazoga ko‘tarildi. 

Cygnus bortida umumiy vazni 3,5 tonna keladigan yuklar bor. Bular oziq-ovqatlar, ilmiy tajribalar uchun asboblar, ochiq fazoga chiqish uchun uskunalar va kompyuter ta'minoti. Cygnus, shuningdek, fazoga IceCube tajribaviy mitti sun'iy yo‘ldoshni ham olib chiqdi. 

Ayni vaqtda, XKSda amerikalik fazogir ayol Peggi Uitson, rossiyalik Oleg Novitskiy, fransiyalik Toma Peskelar navbatchilik qilmoqda. 20 aprelda ularga rossiyalik Fyodor Yurchixin va amerikalik Jyek Fisher qo‘shildi.

Mavzuga oid
Top