23:59 / 22.04.2017
18526

Xitoylik sayyoh gepard hamlasidan arang qutulib qoldi (video)

JARda gepard xitoylik ayol sayyohga hamla qilib qoldi. Voqea mahalliy qo‘riqxonalardan birida yuz bergan, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Yosh gepard makaolik Peggi Lio ismli talaba qizning orqasidan pisib kelib unga hamla qilgan. So‘ngra gepard o‘z "o‘ljasining" tomog‘idan tishlamoqchi bo‘lgan. Qizga qo‘riqxona ishchilari yordamga oshiqishgan. Ular qizga hippa yopishgan gepardni haydab yuborishga muvaffaq bo‘lishgan. Qiz bir nechta tirnash jarohatlari olgan.

Mavzuga oid
Top