2050 yilga kelib qaysi davlat AQShdan ham o‘zib ketadi? Dunyodagi qaysi ikkinchi iqtisodiyot faqat Xitoydan orqada qoladi? Politiken nashrining Osiyodagi muxbiri Klaus Tomsen bu savollarga javob izlab ko‘rishga qaror qildi. Quyida uning maqolasi tarjima qilingan holda taqdim etiladi.

Osiyo haqida gapiradigan bo‘lsak, aksariyat vaziyatda Xitoy haqida so‘z yuritamiz. Xuddi Osiyoda boshqa davlat yo‘qdek. Shu bilan birga, Hindiston bir necha yildan so‘ng aholi soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘zib ketadi va dunyodagi eng ko‘p inson yashovchi davlatga aylanadi.

Yaqinda Xitoyning texnogiganti – Alibaba kompaniyasi keyingi besh yil davomida Yevropa bozorini Amerikaning Amazon va eBay kabi kompaniyalaridan tortib olishini ma'lum qildi.

Biroq, ikki yirik savdo maydonchalari o‘rtasidagi hal qiluvchi kurash hozirning o‘zidayoq Hindistonda boshlanib bo‘ldi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki, kompaniya agarda Hindiston va Osiyoda eng yirigiga aylanmasa, kelajakda katta muammolarga duch kelishi aniq.

Raqamlar vaziyat haqida aniq tasavvur uyg‘otadi. Hindiston aholisi 1,2 milliard kishiga teng. Taqqoslash uchun: YeIning barcha aholisi – atigi 510 million insonni tashkil etadi. Buning ustiga, shuni esdan chiqarish kerak emaski, Hindiston – bu faqatgina Hindiston emas. Qishloq joylardagi insonlarning aksariyati hamon qashshoqlikda umr kechirmoqda, o‘rta sinf esa ko‘paymoqda – ayniqsa, katta shaharlarda. Bu esa ayni kunda millionlab hindlar yevropaliklar kabi iste'mol talablariga ega chiqmoqchi ekanidan dalolat.

Shuningdek, rivojlanish Hindistonni dunyoda yettinchi davlatiga aylangani, hamda o‘sish sur'ati saqlanib qolayotganidan dalolat beradi. O‘tgan oyda Mandag Morgen haftalik byulleteni PricewaterhouseCooper firmasi tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini keltirdi. Unga ko‘ra, 2050 yilga kelib Xitoy dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga aylanadi, undan keyin esa Hindiston joylashadi, AQSh esa faqatgina uchinchi o‘rinni egallaydi.

Keng ko‘lamli investitsiyalar

Jahondagi eng yirik texnologik kompaniyalar voqealar bunday rivojlanishini avvaldan ko‘ra bilishdi, hamda ayni damda Hindiston uchun kurash tropik momaqaldiroqni eslatib yuboradi. Wall Street Journal gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, Amazon Hindistonda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun 34 milliard kron sarflashga yaqin turibdi. Shu bilan birga, Uber masalan, 6,8 milliarddan ko‘proq sarflaydi. Buni Xitoyning Alibaba kompaniyasi Hindistonda o‘ziga baza sifatida ishlashi darkor bo‘lgan kompaniyalarga so‘nggi ikki yil davomida 4,8 milliard kron sarmoya kiritgani bilan bog‘lash mumkin.