00:35 / 22.04.2017
4871

Oq uyda Tramp va BMT bosh kotibi o‘rtasida ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘rtasida ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlarga muzokaralar sermazmun o‘tganini ma'lum qildi.

"Bosh kotib va prezident yaqin orada yana uchrashishga kelishib oldilar. Bosh kotibning fikricha, Tramp BMT va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni mazmunli muhokama qilgan", deb aytdi Dyujarrik.

Dyujarrik muzokaralar "10-15 daqiqa" davom etganini aytgan, biroq yetakchilar qanday mavzularda suhbatlashishganini ma'lum qilmagan.

Ayni vaqtda Guterrish Vashingtonda rasmiy safar bilan qolmoqda. Guterrish Tramp bilan uchrashishdan oldin uning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster bilan uchrashgan.

Top