10:00 / 23.04.2017
42397

Xabarovskda FSB qabulxonasiga uyushtirilgan hujum qurboni o‘zbekistonlik bo‘lgan

21 aprel kuni Rossiyaning Xabarovsk shahridagi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) qabulxonasida noma'lum shaxs xodimlar va tashrif buyurganlarni o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lgan shaxs o‘zbekistonlik bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

«Halok bo‘lgan o‘zbekistonlik edi. Uning jasadi bugun vataniga jo‘natiladi. U bo‘ydoq bo‘lgan, Xabarovskda uning oilasi bo‘lmagan», — degan Qirg‘izistonning Xabarovskdagi konsuli. O‘zbekistonning Xabarovskda konsulxonasi yo‘q.

21 aprel kuni Rossiyaning Xabarovsk shahridagi Federal xavfsizlik xizmati qabulxonasida noma'lum shaxs xodimlar va tashrif buyurganlarni o‘qqa tutishi oqibatida uch kishi: idora xodimi, tashrifchi va bosqinchining o‘zi halok bo‘ldi. 

Jarohatlangan shaxs Qirg‘iziston fuqarosi edi.

IShID Xabarovskda sodir etilgan jinoyat bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Mavzuga oid
Top