23:56 / 23.04.2017
3633

Hindistondagi avtohalokatda 8 kishi halok bo‘ldi, 56 kishi jarohat oldi

Foto: Flickr / meg and rahul

Hindiston sharqida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 56 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Indian Express nashri.

"Pitxoriya-Patratu trassasida keskin burilish joyida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 8 yo‘lovchi, jumladan 4 bola voqea joyida halok bo‘lgan, yana 56 kishi jarohat olgan", deb ma'lum qilgan politsiya vakili Kuldipa Dvivedi.

Politsiya vakilining aytishicha, barcha jarohatlanganlar Ranchi shahridagi shifoxonaga yetkazilganlar. YTH joyida politsiya xodimlari ish olib borishmoqda.

Top