19:12 / 23.04.2017
4755

Tel-Avivda terakt. Falastinlik 4 kishiga pichoq bilan hujum qildi

Foto: AFP

Isroil politsiyasi 18 yoshli falastinlik mamlakat poytaxti Tel-Aviv shahrida odamlarga pichoq bilan tashlangani uchun qo‘lga olingani haqida ma'lum qildi.

Hujum oqibatida 4 kishi yengil darajada jarohatlar olgan.

Associated Press ma'lumotiga ko‘ra, politsiya ushbu hujum millatchilik kayfiyatida amalga oshirilgan deya qayd etib, ushbu harakatni terakt sifatida baholagan.

Keyingi bir yarim yil davomida arablar tomonidan uyushtirilgan yuzdan ortiq hujumlar oqibatida jami 40dan ortiq isroillik halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top