Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston maxsus kuchlari 2 kunda 130dan ortiq jangarini yo‘q qildi
Afg‘oniston harbiy kuchlari maxsus amaliyotlar davomida IShID terrorchilik guruhining 80 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bundan tashqari, boshqa radikal kayfiyatdagi harakatlarning 50dan ortiq a'zosi o‘ldirildi. Bu haqda Tolo News telekanali mamlakat mudofaa vazirligiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Vazirlikka ko‘ra, 10 jangari afg‘on qurolli kuchlarining Gur viloyatiga bergan havo zarbalari qurboni bo‘lgan. Yana 70 jangari Nangarxar viloyatida yo‘q qilingan. Harbiylar maxsus amaliyot chog‘ida jangarilarning 6ta boshpanasini ham vayron etishgan.
Xabar qilinishicha, Qunduzdagi amaliyotda 35 isyonchi, shu jumladan "Tolibon" harakatining yetakchilaridan biri Mulla Burhon o‘ldirilgan. Zabul va O‘ruzg‘on viloyatlarida ham "tozalash" tadbirlari o‘tkazilib, uning oqibatida 23 jangari halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:01 / 17.02.2026
Afg‘onistonga sovetlar bosqinida Xitoyning pozitsiyasi qanday edi?
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026