19:19 / 24.04.2017
10828

“Afrosiyob” elektropoyezdlarining soni 4taga yetdi

2015 yil 6 noyabrda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va Ispaniyaning “PATENTES TALGO, S.L.U” kompaniyasi o‘rtasida yana 2 yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdni xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Shartnomaga muvofiq, ushbu zamonaviy elektropoyezdlarning ikkinchisi ham yurtimizga olib kelindi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati.
 
Yangi zamonaviy elektropoyezd 287 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Unda ekonom toifali vagonlar soni 2011 yilda olib kelingan “Afrosiyob”ga qaraganda ikkitaga ko‘p. Bu bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha 72 yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazish imkoni demakdir.

Joriy yilning mart oyida O‘zbekistonga olib kelingan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi bugungi kunda Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovini amalga oshirib yo‘lovchilarga xizmat qilmoqda. 

Xabarda aytilishicha, hozirgi kunda zamonaviy “Afrosiyob” elektropoyezdlarining yangi harakat jadvali ishlab chiqilmoqda. 

Top