10:44 / 24.04.2017
10089

«Barselona» darvozaboni o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

«Barselona» futbol klubi golkiperi Mark-Andre ter Shtegen Primeraning 33-turi doirasida «Real» bilan mehmonda kechgan bellashuvda 12 ta seyvni amalga oshirdi. Bu ko‘k-anorranglilarning Primera uchrashuvlarida 2003/2004 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi natijasi. Aynan o‘sha yildan boshlab bunday statistika yuritila boshlangan.

Bundan tashqari, ter Shtegen 22 bora to‘p uzatdi hamda bu bilan «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ko‘rsatkichini 8 pasga ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» o‘z ochkolari sonini «Real»niki bilan tenglashtirib oldi – 75 balldan, biroq madridliklarda bitta zaxira o‘yini bor.

Top