23:37 / 24.04.2017
9148

Xitoyliklar Rossiya o‘rmon xo‘jaligiga katta mablag‘ kiritishmoqchi

Rossiyaning tabiatni muhofaza qilish vaziri Sengey Donskoyning ma'lum qilishicha, xitoylik investorlar Rossiya o‘rmon xo‘jaligiga 1 mlrd yevro sarmoya kiritishni rejalashtirishmoqda. Bu masala bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, deb xabar berdi RNS axborot agentligi.

"Xitoy investitsiyalar uchun o‘zining ulkan tajribasini qo‘llashga tayyor", deb aytdi Donskoy.

Vazirning aytishicha, gap Xitoy va Indoneziyada ishlovchi yirik kompaniyalar haqida ketmoqda. 

Avvalroq Rossiya qayta ishlanmagan yog‘och narxini kamaytirib, eksport hajmini 20,7 mln kub metrgacha oshirgandi. Eksportning 60 foizdan ko‘prog‘i Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi.

Top