«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi uchrashuvda (3:2) ikkita to‘p kiritib, jamoasi g‘alabasini ta'minladi.
Bu gollar Messining «Barselona» tarkibidagi 499 va 500-goli bo‘ldi. Natijada futbolchi yangi yubiley natijani qayd etdi.
Messi bu gollarning 343tasini La-ligada, 94tasini YeChLda, 43tasini Ispaniya kubogida, 12tasini Ispaniya superkubogida, 5tasini klublar o‘rtasidagi JCh va 3tasini Yevropa superkuboki uchrashuvlarida kiritgan.
Histórico #Messi... ¡500 goles con el @FCBarcelona_es!#ElClasico pic.twitter.com/2qfq662spp
— LaLiga (@LaLiga) April 23, 2017











