11:31 / 24.04.2017
26855

Messi, rekord va mag‘lub Ronaldu. Oxirgi yillardagi eng zo‘r klasikodan fotoreportaj

23 aprel oqshomida Ispaniya Primerasining 33-turida Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida «Barselona» «Real» mehmoni bo‘lib 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yin taqdirini «Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘yinga qo‘shib berilgan oxirgi daqiqada urgan gol hal qildi. 2003 yildan beri katalonlar jamoasi safida o‘ynab kelayotgan argentinalik hujumchi uchun bu jamoa safida urilgan yubiley 500-gol bo‘ldi. Madridliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu esa bu o‘yinda o‘zini ko‘rsata olmadi.

O‘yin boshidan oxiriga qadar shiddatli va voqealarga boy o‘tib, keyingi yillarda kuzatilgan eng yaxshi klasiko bahsiga aylandi. «Tribuna» ushbu bahsdagi eng yorqin lahzalardan fotojamlanma taqdim etadi.

 

Top