16:36 / 24.04.2017
5873

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan 182 nafar sportchining doping namunasi ijobiy natija berdi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2008 va 2012 yillardagi doping namunalaridan 182tasi ijobiy natijani qayd etgan. Takroriy tekshiruvlar shunday raqamlarni qo‘lga kiritishga sabab bo‘ldi. Bu haqda HOQning kommunikatsiyalar bo‘yicha komissiyasi a'zosi Alen Lyuntsenfixter Twitter sahifasida yozdi

"1 aprelgacha Pekin (2008) va London (2012)dagi o‘yinlardan olingan doping namunalaridan 182ta ijobiy natija qayd etildi. Ularning 103 tasi yengil atletikachilar va 50tasi og‘ir sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar orasida aniqlandi, - deb yozgan Lyuntsenfixter. – Ikki olimpiadada qatnashgan 9 sportchining doping namunasi esa ikkala holatda ham ijobiy (ya'ni, doping borligini ko‘rsatgan) bo‘lgan. Ulardan 5 nafari belorussiyalik, ikkisi qozog‘istonlik sportchilardir".

XOQ sportchilarning doping namunalarini saqlash muddatini sakkiz yildan o‘n yilga uzaytirish xususida qaror qabul qilganidan so‘ng, 2008 yildan boshlab barcha namunalar qayta tekshirilishi haqida e'lon qilgan edi. 

Mavzuga oid
Top