Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Barselona»ning uchinchi golni kiritishidan so‘ng juda qattiq g‘azablangan, deya xabar bermoqda Marca.
Hisob 2:2 bo‘lib turganda, 92-daqiqada «Barselona» tezkor qarshi hujum uyushtirgan va yakunda Lionel Messi aniq zarba bilan o‘yinga nuqta qo‘ygandi.
«Chalib yiqitish kerak edi», — deya qichqirgan Ronaldu goldan so‘ng o‘z sheriklariga.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yindan keyin ikki jamoa hisobida 75tadan ochko mavjud, biroq madridliklar bitta o‘yin kam o‘tkazishgan.











