Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQShning «Karl Vinson» aviatashuvchisini yo‘q qilishga tayyor
24 aprel kuni KXDR o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun Koreya yarim oroliga kelgan Amerikaning «Karl Vinson» aviatashuvchisini yo‘q qilishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning «Rodon Sinmun» gazetasida KXDRning "bir zarba bilan Amerika aviatashuvchisini yo‘q qilish"ga tayyor inqilobiy kuchlari haqida so‘zlovchi maqola chop etilgan.
23 aprelda Shimoliy Koreya TIV Avstraliyaga yadroviy zarba bilan tahdid qildi va AQSh siyosatiga ko‘r-ko‘rona ergashishdan oldin "buning oqibatlari haqida ikki marta o‘ylab ko‘rish"ni taklif qildi.
Donald Tramp 23 aprel kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan telefonda suhbatlashdi. Abe suhbat davomida uning mamlakati AQSh bilan uzviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashi va KXDR tomonidan ehtimoliy xavf sharoitlarida o‘ta ehtiyotkor bo‘lishni aytgan.
Mavzuga oid
20:50 / 15.02.2026
AQSh Hind okeanida yana bir tankerni ushladi
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028 yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026