20:16 / 25.04.2017
9701

«Bavariya» «Manchester Siti» va «Barselona» qiziqayotgan futbolchini ilib ketmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi «Tottenhem» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Kayl Uokerni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «Bavariya» texnik direktori Mixael Reshke dam olish kuni Angliyaga tashrif buyurib Kubok yarim finali doirasidagi «Chelsi» – «Tottenhem» uchrashuvini tomosha qilgan va aynan 26 yoshli futbolchining harakatlarini kuzatgan.

APL-2016/2017 yilning eng qanot o‘ng qanot fulbeki deb topilgan futbolchining «shporlar» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan. «Bavariya»dan tashqari Uokerga «Barselona» ham qiziqish bildirgan. Nemis matbuotida uning transfer narxi 18 million yevroga baholangan. Biroq bir muddat muqaddam «Manchester Siti» futbolchi uchun 60 million yevro berishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, yozda myunxenliklar sardori Filipp Lam futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. «Bavariya» aynan uning o‘rniga o‘ng qanot futbolchisi izlamoqda.

Top