Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Microsoft asoschisi Bill Geytsning shaxsiy kapitali 78,9 milliard dollarni tashkil qiladi. Bunday davlatga ega insonning o‘ziga xos turar-joyga egaligi hech kimni ajablantirmasa kerak.

Vashington shtatidagi Medinada joylashgan ushbu ko‘chmas mulkning qurilishiga yetti yil va 63 million dollar sarflangan. U bu maskanni mashhur «Fuqaro Keyn» kinolentasi bosh qahramoni Karl Foster Keynning to‘qima uyi sharafiga «Zanadu 2.0» deya nomlagan. InsiderPro bu uyning eng diqqatga sazovor jihatlari bilan bo‘lishdi.

Bugungi kunda uy kamida 123 million dollarga baholanadi.

King okrugini baholash Davlat boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda shaxsiy mulk obekti 123,54 million dollarga baholangan. 1988 yilda Geyts 2 million dollarga shu hududni sotib olgan. Ta'kidlanishicha, ko‘chmas mulkka solinadigan bir yillik soliq million dollarni tashkil qiladi.

Qurilishga deyarli 1,2 ming kubometr daraxt sarflangan.

Uy Oregon qarag‘ayi yog‘ochidan qurilgan. Qurilishda 500 yillik o‘simliklardan foydalanilgan. Unda 300 ishchi, jumladan, 100 nafar elektr ustasi mehnat qilgan.

Butun inshootni qamrab olgan sensorlar tizimi u yerda yashovchilarga iqlimni boshqarish va xonalarni yoritish imkonini beradi.

Yangi mehmon kelganda unga uy sensorlariga bog‘langan maxsus brelok beriladi. Mehmonlar o‘zi istagan harorat va yorug‘lik darajasini belgilashadi, ular bir inshootdan boshqasiga o‘tayotganida bu parametrlar tegishli ravishda o‘zgaradi. Mehmonning bir xonada eshitishni boshlagan musiqasi gulqog‘ozlar ostiga o‘rnatilgan dinamikalar tizimi yordamida uning ketidan qo‘shni xonaga o‘tadi.

Issiqlikni nazorat qilishda mahalliy hudud xususiyatlaridan foydalaniladi.