16:03 / 25.04.2017
9305

O‘zbekistonda 2016 yili 88,2 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 2016 yilda 2016 yili 88,2 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Shuningdek, O‘zbekiston o‘tgan yili ISUZU rusumli 3,42 mingta avtobus va yuk mashinalari hamda MAN rusumli yuk avtomobillarini ishlab chiqargan.

2016 yilda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi mahalliylashtirish dasturi doirasida 27ta loyihani hayotga tatbiq etgan.

Shuningdek, eksport mahsulotlari qatori kengaytirilgan (kuzovlar, bamperlar, faralar va chiroqlar, spidometrlar hamda boshqa ko‘plab texnik buyumlar hisobiga).

O‘tgan yillarda Yaqin Sharq (Livan, Iordaniya va Iroq) hamda Afrika (Gana, Senegal, Kot-d’Ivuar va Nigeriya) bozorlariga kirib borilishi evaziga bu bozorlarning eksportdagi ulushi 2012 yildagi 1,5 foizdan 2016 yili 29 foizga yetgan.

Top