08:47 / 26.04.2017
5841

Tereza Mey "turizm"ga qarshi kurashmoqchi

Foto: WPA Pool / Getty

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ommaviy nutqi davomida yanglishib, mamlakatining "turizm"ga qarshi kurashmoqchiligini aytdi.

"Biz turizmning oldini olish uchun dunyoni ortimizdan yetaklashimiz lozim", deb aytdi Mey Uelsning Brijyend viloyatida so‘zlagan nutqida. Aftidan, vazir "terrorchilik"ni nazarda tutgan, biroq yanglishib ketganini payqamay tinglovchilarni hayratda qoldirgan, deb xabar berdi Daily Mirror nashri.

"Uels turizmdan yaxshigina daromad oladi, shunga Mey bu xatoni boshqa joyda qilsa yaxshi bo‘lardi", deb yozgan sharhlovchilardan biri Twitter’da.

"To‘g‘ri, biz bu sayyohlarga taslim bo‘lmaymiz", deb hazillashgan yana bir foydalanuvchi.

Mavzuga oid
Top