22:31 / 26.04.2017
20353

Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Joriy yilning 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Sayfitdin Xafizovich Gafarov o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Prezidentining 18 apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilgan edi

21 aprel kuni esa Prezident farmoni bilan mazkur qo‘mitaga G‘ulomov Ravshan Ayubovich rahbar etib tayinlangandi

Top