Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya yetakchisi Bashar Asadning advokati emas. Bu haqda Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
«Putin, Asadning advokati emas, u xalqaro huquq himoyachisidir», - deya aytib o‘tgan Peskov jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin Asadning manfaatlarini emas, balki xalqaro huquq prinsiplarini himoya qilishi haqida bir necha bora turli intervyularida aytib o‘tgan.











