«Paxtakor» rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgani tasdiqlandi
«Paxtakor» klubi rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Bugun «Paxtakor» futbol klubida rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Klub prezidenti, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov tomonidan klub rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi», deyiladi klub bayonotida.
Unga ko‘ra, «Paxtakor» klubi vitse-prezidenti etib O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi vitse-prezidenti Bobur Qobulovich Shodiyev tayinlangan.
Klub bosh direktori lavozimiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Ahmadjonov Umid Mahamatdjanovich tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq jamoa aksiyalarini rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov sotib olgani va aynan u klub direktori lavozimiga Umid Ahmadjonov tayinlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq klub rasmiy tvitteri keyinroq bu xabarni inkor qilib chiqqandi.
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
13:50 / 02.11.2024