Jahon | 12:37 / 26.04.2017
10872
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya fuqarolari THAAD majmualarini norozilik bilan qarshi olishdi

Janubiy Koreya fuqarolari Amerika harbiylari va ularning RQM (raketalarga qarshi mudofaa) tizimlari sabab Shimoliy Koreya raketalarining nishoni bo‘lishdan xavfsirashmoqda. 

Koreyaning bir necha yuz nafar fuqarosi Amerikaning THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimlari majmualarini norozilik kayfiyatida kutib oldi. Korea Herald gazetasining yozishicha, ular harbiy avtokarvonga idishlar bilan hujum qilgan va "THAAD’ga yo‘q, urushga yo‘q" va "AQSh, sen do‘stmisan yoki bosqinchi?" degan yozuvlar tushirilgan qog‘ozlarni ko‘tarib olishgan edi. 

Sonju muzofoti aholisining noroziligi harbiy texnikalarni qo‘riqlayotgan politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid