13:12 / 27.04.2017
5424

Yevroittifoq va Markaziy Osiyo vazirlari uchrashuvi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2017 yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorligi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda ayrim mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida mintaqalararo Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bo‘lajak ikki tomon uchrashuvlari va hamkorlikdagi qo‘shma institutlar majlisining jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda YeIning O‘zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.

Mavzuga oid
Top