20:25 / 27.04.2017
7832

Afg‘onistonda amerikalik ikki harbiy halok bo‘ldi

© AP Photo

AQSh armiyasining ikki nafar harbiy xizmatchisi Afg‘oniston hududida halok bo‘ldi.

Pentagon ma'lumotiga asoslanib Fox News telekanali xabar berishicha, bu harbiylar IShIDning Afg‘onistondagi jangarilariga qarshi amaliyot vaqtida qurbon bo‘lishgan.

Ma'lum qilinishicha, hodisa Nangarxar viloyati hududida ro‘y bergan. Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Top