17:57 / 27.04.2017
10133

Chernogoriya: Rossiya davlatning NATOga kirishini to‘xtatishga urinmoqda, lekin uddalay olmayapti

Foto: AP

Rossiya hali-hamon Chernogoriyaning NATOga kirishiga, o‘tgan yildagi muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, qator kiberhujumlar orqali to‘sqinlik qilishga urinmoqda. Biroq hech kim Bolqondagi kichik davlatning keyingi oydayoq alyansga qo‘shilishining oldini ololmaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Adriatika dengiziga chiquvchi davlatning qonun chiqaruvchilari NATOga kirishni juma kuni rasman tasdiqlaydilar, deya ma'lum qildi Predrag Boshkovich seshanba kuni bergan intervyusida. Chernogoriya alyansning 25 may kungi yig‘ilishida to‘laqonli a'zo sifatida ishtirok etishga umid qilmoqda, deya ta'kidlab o‘tgan u.

Bu tasdiqlash Yugoslaviya sobiq respublikasining geosiyosiy pozitsiyasi o‘zgarganidan dalolat beradi. Uni Rossiya bilan diniy va madaniy aloqalar tarixiy jihatdan bog‘lab turardi. Davlatning 200 mil qirg‘og‘i alyansga kirishi esa NATOning Shimoliy O‘rta yer dengizi uzra to‘la nazoratini ta'minlaydi, deyiladi maqolada.

Boshkovichning ma'lum qilishicha, uning vazirligi “har kuni” maxfiy ma'lumotlar bo‘lgan “davlat institutlari va harbiy zobitlar kompyuterlariga kiberhujumlardan” himoyalanishga harakat qilmoqda.

"Rossiyaning o‘z manfaatlari bor, hamda u buni o‘ziga xos tarzda ko‘rsatdi, - degan vazir. – Albatta, bu Kreml. Bu fakt".

"Podgoritsaning harbiy salohiyati deyarli nolga teng, biroq geografik joylashuv Bolqon uzra nazoratni kuchaytirishga imkon beradi", - deya Chernogoriyaning NATOga kirishiga izoh bergan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu chorshanba kuni.

"Chernogoriya o‘z hajmi haqida hammasidan xabardor, - deya qayd etib o‘tgan Boshkovich. – Biroq, shu katta ahamiyatga egaki, biz an'anaviy ravishda notinch bo‘lgan Bolqon yarim orolini biroz xavfsiz joyga aylantirish uchun o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz".

Mavzuga oid
Top