12:31 / 27.04.2017
8588

Hindiston ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Illyustrativ foto/AP

Hindiston harbiylari o‘rta masofaga uchuvchi Agni III ballistik raketasini uchirdi. U Odisha shtatidagi orollardan biridan fazoga ko‘tarildi, deb xabar qilmoqda "Sinxua" agentligi. Xabarga qo‘shimcha ma'lumot taqdim etilmagan. 

Agni toifasidagi ballistik raketalar hind harbiylarining boshqariluvchi snaryadlar ishlab chiqish kompleks dasturi doirasida ishlab chiqilgan. Hozirda, Hindiston armiyasida Agni I (700 kmgacha), Agni II (2 ming kmgacha), Agni III va Agni IV (2,5 ming kmdan 3,5 ming kmgacha) kabi ballistik raketalar jangovar safda turadi.

Top