10:49 / 27.04.2017
10398

OAV: Damashq aeroporti yaqinidagi kuchli portlash Isroil zarbasi sababli ro‘y bergan 

Foto: AP

Suriya poytaxti Damashq shahri xalqaro aeroporti yaqinidagi portlash Isroil harbiy-havo kuchlari aviazarbasi tufayli ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Al Manar telekanali xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Avvalroq Suriya poytaxti Damashq shahri xalqaro aeroporti yaqinida kuchli portlash ro‘y bergani hamda aeroport ichida ham yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Top