Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya kemasi Qora dengizda boshqa davlat kemasi bilan to‘qnashdi
Foto: Reuters
Rossiyaning Qora dengiz flotiga qarashli “Liman” tadqiqot kemasi Bosfordan 40 kilometr masofada boshqa kema bilan to‘qnashib ketdi. Natijada Rossiya kemasida yoriq paydo bo‘ldi, ekipaj jabrlanmagan, deb xabar bermoqda Rossiya mudofaa vazirligi.
Favqulodda hodisa payshanba kuni kunning o‘rtalarida yuz bergan. "Liman" ayni damda kimga tegishli ekani aniqlanayotgan "Ashot-7" kemasi bilan to‘qnashib ketdi, hamda vaterchiziqdan pastki o‘ng bortga zarar yetgan. "Kema ekipaji uni suvda saqlab turish uchun kurash olib bormoqda", - deyiladi harbiy mahkama relizida.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, ikkinchi kema Togo bayrog‘i ostida suzayotgandi.
Hodisa yuz bergan joyga Rossiya Qora dengiz flotining navbatchi kuchlari tarkibidagi kemalar, shuningdek An-26 samolyotida qutqaruv jamoasi yo‘l olgan va ekipaj a'zolari qutqarilgan.
Rossiya konsulxonasida aytilishicha, to‘qnashuvga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:04 / 14.01.2026
Qozog‘iston nefti eksportiga bog‘liq tankerlar Qora dengizda nishonga olindi
15:47 / 13.01.2026
Kiper: Rossiya Panama va San-Marino bayroqlari ostidagi kemalarga hujum qildi
12:12 / 10.01.2026
Rossiya Qora dengizda ikki fuqarolik kemasiga dronlar bilan hujum qildi
14:59 / 09.01.2026