Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YTHlar soni kamaymoqda
Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 20458ta, chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 7565ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shundan, 3504tasi sfetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanish, 4061tasi tezlikni belgilangan me'yordan oshirish ekani ta'kidlanmoqda.
Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning ma'lum qilishicha, 21-27 aprel davomida 17ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, unda ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan, 18 kishi jarohatlangan.
2017 yilning 15 mart, ya'ni videokuzatuv kameralari o‘rnatilganidan buyon 127ta YTH sodir bo‘lgan, ushbu hodisalar oqibatida 18 kishi xalok bo‘lgan, 147 nafari jarohatlangan.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yo‘l-transport hodisalari 56taga, unda jarohatlanganlar 73 nafarga, vafot etganlar soni esa 13 nafarga kamaygan.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026