Tashqi ishlar vazirligi 2017-2020 yillar uchun Xalqaro shartnomaviy-huquqiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha ish rejasini ishlab chiqdi. Loyiha NHTBT portalida joylashtirildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Xalqaro munosabatlar sohasidagi ish 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:
1 – O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya va tanqidiy tahlil qilish.
2 – istiqbolli va amaliy jihatdan ahamiyatli halqaro shartnomalar va bitimlar hisobiga shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida quyidagi hujjatlarni qayd etish mumkin:
• Bojxona taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risida konvensiya (Kioto, 1973 yil 18 may);
• Xalqaro shartnomalarda elektron xabarlardan foydalanish to‘g‘risida BMT konvensiyasi (Nyu-York, 2005 yil 23 noyabr) ;
• Sayohatlar uchun kontrakt bo‘yicha xalqaro konvensiya (Bryussel, 1970 yil 23 aprel).
Jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam hamda hukuq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi muhim hujjatlar orasida 2002 yil 7 oktabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida Kishinev konvensiyasi, Nogironlar huquqlari to‘g‘risida BMT konvensiyasi (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) mavjud.
Bundan tashqari, transport va tranzit, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida qator xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
3 – davlatning xalqaro norma ijodkorligi faoliyatida faol ishtiroki. Bu maqsadlar uchun, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida Xalqaro huquq sohasida tadqiqotlar markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqiladi.
4 – xalqaro shartnomalarni hisobga olish va turkumlashtirish, shuningdek, zamonaviy AKT qo‘llagan holda tizimli ravishda ularni inventarizatsiya va monitoring qilishni ko‘zda tutadigan elektron ma'lumotlar bazasini barpo etish.















