16:08 / 28.04.2017
16290

24 yillik umuman yurmagan Porsche 911 sotuvga qo‘yildi

Foto: Motor.ru

RM Sothebyʼs kim oshdi savdo uyi noyob mahsulotni kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Bu Porsche 911 Carrera RSR 3.8 namunasi bo‘lib, u atigi 51 dona ishlab chiqarilgan. Sotuvga qo‘yilgan avtomobil 1993 yilda ishlab chiqilgan va qiziqarli tomoni shundaki, u deyarli harakatlanmagan. Mashina bor-yo‘g‘i 10 km masofani ortda qoldirgan. 

Carrera RSR 3.8 trek sportkari sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning aksar nusxasi ajoyib intererga va xavfsizlik karkasiga ega bo‘lgan. RM Sothebyʼs savdo uyining ta'kidlashicha, ushbu avtomobil saloni yaxshi saqlangan ikkinchi mashinadir. Uning birinchi egasi mashina intereri to‘liq qizil rangda bo‘lishini xohlagan. 

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Buyumga taqdim etilgan izohda aytilishicha, avtomobil o‘zining asl texnik jihatlarini to‘la saqlab qolgan. Shu bilan birga, sportkar nima sababdan va qayerda 24 yil turganiga oydinlik kiritilmagan. 

Foto: Motor.ru

Ikki eshikli 964-avlod 911 negizida barpo etilgan mashina kuzovi Turbo-namunasidan olingan. Unga o‘rnatilgan atmosferali 3,8 litrli oppozit motor 350 ot kuchini beradi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, aslida ot kuchi rasmiy raqamlardan farq qiladi va 375 ot kuchiga tengdir. 

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Noyob Porsche savdosi may oyi oxirida Italiyada bo‘lib o‘tadi. Uning narxi bir mlndan bir necha million yevrogacha bo‘lishi aytilmoqda. 

Mavzuga oid
Top