21:53 / 28.04.2017
4448

Frantsuz jurnalistlari Le Pen partiyasini OAVga yopiqlikda ayblashdi

Foto: Vincent Lesage / ZUMA Press / Globallookpress.com

Fransiyaning 30 ga yaqin turli ommaviy axborot vositasi vakillari Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Marin Le Penning "Milliy front" partiyasi o‘z yetakchisiga aloqador tadbirlarni yoritishga imkon bermayotganlikda ayblangan arznomani imzoladi. 

"Prezidentlik saylovlarining 2-bosqichidan avval "Milliy front" qanday OAV Marin Le Penga hamrohlik qilishini o‘zi tanlashga qaror qildi", deb aytilgan arznomada.

Jurnalistlar ularga bir qator vaziyatlarda Le Pen va uning saylov kampaniyasi bilan bog‘liq tadbirlarni yoritishga zarur bo‘lgan ruxsat berilmagandan keyin bu arznomani yozishgan. Uni, jumladan, Fransiyadagi yirik nashrlar Le Monde va Le Figaro, France Press axborot agentligi, TF1 va BFMTV telekanallari va France Info radiostansiyasi xodimlari imzolashgan.

Top