Özbekistonda kinematografiya sohasini yanada rivojlantirişga kömaklaşiş, sohada faoliyat körsatayotgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga amaliy yordam körsatiş, yoş kinoijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, ularning imkoniyatlarini röyobga çiqarişga amaliy yordam beriş kabi qator ijtimoiy maqsad va vazifalarni amalga oşiriş maqsadida Kinematografiyani rivojlantiriş markazi nodavlat-notijorat taşkiloti ta'sis etilib, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kinematografiyani rivojlantiriş markazining rasmiy oçiliş marosimi 3 may kuni bölib ötiş rejalaştirilgan.

Oçiliş marosimida kino san'ati arboblari, kino tanqidçilari, aktyor va aktrisalar hamda OAV xodimlari iştirokida matbuot anjumani ham bölib ötadi.
Markaz Toşkent şahri Muqimiy köçasi 8-uyda joylaşgan bölib, e'tiboringizga markaz binosining foto suratlarini taqdim qilamiz.

























