15:08 / 28.04.2017
3397

Yil boshidan buyon O‘rta Yer dengizida mingdan ziyod qochqin halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi

Foto: AP

Yil boshidan buyon O‘rta Yer dengizida ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi. Bu haqda migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilot juma kuni ma'lum qildi.

28 aprel holatiga ko‘ra, migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilot O‘rta Yer dengizida 1089 nafar migrant va qochqin halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolganini ro‘yxatga oldi. Shu bilan birga, Yevropaga yil boshidan beri dengiz orqali 43 ming 357 nafar inson bordi.

Eng ko‘p insonlar aprelda halok bo‘lgan – 427. Shu bilan birga, bu raqamlar 2015 yilning apreliga qaraganda uch marotabaga kamroq – 1222 kishi.

Tashkilotda ta'kidlashlaricha, 2017 yilning birinchi to‘rt oyi davomida kelgan migrantlar ichida halok bo‘lganlar miqdori 2,5 foizga teng bo‘lgan. 2016 yilning shu davrida esa o‘lim darajasi 1,4 foizni tashkil qilgandi.

Mavzuga oid
Top