21:16 / 28.04.2017
12787

Tillerson Shimoliy Koreyaning AQShga zarba berish imkoniyatiga baho berdi

Foto: RIA

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson kelajakda Shimoliy Koreyada AQShga zarba berish imkoniyati paydo bo‘lishini, shuning uchun Vashington bunga loqayd qarab tura olmasligini aytdi.  

"Shimoliy Koreyaning Seul va Tokioga yadroviy hujumi realdir. Shimoliy Koreya AQShga zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lishi faqatgina vaqt masalasidir. AQSh bunday vaziyatda qo‘llarni qovushtirib qarab tura olmaydi", deb aytdi Tillerson BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya muammosiga bag‘ishlangan yig‘ilishida. 

AQSh davlat kotibi Shimoliy Koreyani moliyaviy yakkalashni va unga qarshi sanksiyalar kiritishni kuchaytirish kerakligini aytdi. Uning aytishicha, Shimoliy Koreya joriy sanksiyalar rejimida o‘zini tutishni o‘zgartiradi, deb hisoblashga asos yo‘q.

"Shimoliy Koreyaga diplomatik va moliyaviy bosim Pxenyan tajovuziga agar kerak bo‘lsa, harbiy harakatlar qo‘llash bilan qarshi turishga tayyorlik bilan qo‘llab-quvvatlanadi", deb qo‘shimcha qildi Tillerson. 

"Biz Shimoliy Koreyadagi noqonuniy faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi uchinchi davlat kompaniyalari va shaxslariga qarshi hech ikkilanishsiz sanksiyalar kiritamiz", deb aytdi AQSh davlat kotibi. 

Tillerson Vashington Shimoliy Koreyadagi tuzumni o‘zgartirishga yoki Osiyo-Tinch okeani mintaqasini beqarorlashtirishga intilmayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Nyu-Yorkda 28 aprelda o‘tgan uchrashuvda Shimoliy Koreyani yadroviy va raketa dasturlaridan voz kechishga majbur qilish muhokama qilindi.

Mavzuga oid
Top