08:00 / 29.04.2017
7635

Filippinda kuchli zilzila yuz berdi. Tsunami xavfi e'lon qilindi

Foto: Globallookpress.com

Filippin sohillari yaqinida 7,2 magnitudali zilzila yuz bergandan keyin sunami xavfi e'lon qilindi. Bu haqda Tsunamilardan ogohlantirish Tinch okeani markazi o‘z saytida ma'lum qildi.    

Zilzila markazi Glan shahridan janubi-g‘arbga tomon 42 km va Koronadal shahridan janubi-sharqqa tomon 116 km uzoqlikda, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

"Zilzilaning dastlabki ko‘rsatkichlari asosida uning markazidan 300 km radiusda sunami yuz berishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelish mumkin", deb aytildi xabarda. 

"Bu shunchalik kuchli bo‘ldiki, 10 soniya davomida yer silkinayotganini eshitish mumkin bo‘ldi. Bu men his qilgan eng kuchli zilziladir. Devor go‘yoki ag‘darilib tushadigandek ko‘rinishda edi", deb aytmoqda guvohlardan biri Jyenifer Bagtay.

 

Top